SULTON UVAYS BOBO MAJMUI
SULTON UVAYS BOBO MAJMUI — Beruniy (Qoraqalpog’iston) tumanidagi me’moriy yodgorlik (17-19- a.lar). Sulton Uvays (asl ismi Suhayl ibn Omir ibn Rumon ibn nohiya ibn Murod) Yamanning qaran qishlog’i Mu- rodiy qabilasida (mil. 625 y.da) tugil- gan. Hazrati Ali va Muoviya askarlari o’rtasidagi Siffin jangi (657 y.)da 32 yoshida shahid bo’lgan. Suriyaning Sofa qishlog’ida dafn etilgan. Sulton Uvays hadislar yig’ish bilan shug’ullangan (7- a. 1-yarmi). Uning izdosh muxlislari 17-a.da ramziy kabr (Shohabbos hoz. Be- runiyda) va ziyoratgoh bunyod etishgan. Olloqulixon shayxga atab katta masjid va alohida 10 ta chillaxona qurdirgan (19-a.). Majmua to’g’ri to’rtburchak tarx- li (21,5×53 m), shim.dan — Jan.ga tomon yo’naltirilgan. Sulton bobo maqbarasi, keyinchalik bunyod etilgan (asosan, gum- bazli) maqbaralar va b. atrofi g’ishtin devor bilan o’ralgan hovlining shim. qismida joylashgan. Jan.da masjid, ay- von, xujra va mehmonxonalar bor. Maj- muaga g’arbdan kiriladi. Su. b.m. o’rta asr Xorazm me’moriy an’analari aso- sida (pishiq g’ishtdan) qurilgan. Xorazm viloyati hokimligi tashabbusi bilan ziyoratxona, kirish qismi ta’mirlangan (2002).