Sultoniy, Jaus, oqpar, Shakarak

Sultoniy, Jaus, oqpar, Shakarak — o’rta kechpishar mahalliy xo’raki, may- izbop va vinobop uzum navi. O’rta Osiyo- da chiqarilgan. O’zbekiston (Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ko’proq), to- jikiston, Turkmaniston, Qozog’istonda ekiladi. Tupi o’rtacha kuchli o’sadi. Bar- glari o’rtacha, 5 bo’lmali, beti bir oz bu- rishgan, orqasi tukli. Guli ikki jin- sli. Uzum boshi yirik, vazni 400-500, ba’zan 800-1100 g. Konussimon, tig’iz joylashgan. G’ujumi yirik, 5-6 g ke- ladi, yumaloqcho’ziq, och sariq, pishganda qahrabo, oftobga qaragan tomoni to’q sariq. Po’sti qalin, qo’ng’ir nuktalar bilan qoplangan. Eti sershira, egan- da karsillaydi. Kurtagi bo’rtgandan keyin faol harorat yig’indisi 3360° bo’lganda, sent. boshlarida 148— 154 kunda pishadi. Tarkibida 2324% qand, 3-3,5% kislota bor. Novdalari yaxshi pishadi. Hosildorligi 200240 ts/ga. Sovuqqa chidamsiz, oidium bilan kasal- lanadi. Uzun novda qoldirib kesiladi. Qurg’oqchilikka chidamli. Uzumi yangili- gida iste’mol qilinadi, mayiz solina- Di, yuqori sifatli desert vinolari tay- yorlanadi.