Sultonov Abdurahmon
Sultonov Abdurahmon (1946.18.10, Toshkent) — ganchkor usta, me’mor, O’zbekiston xalq ustasi (2001). Toshkent politexnika in-tining me’- morlik ftini tugatgan (1970). S. ish faoliyatini Toshkent amaliy san’at ijodiy eksperimental k-tida ganchkor- likdan boshlagan. Usta Mahmud Usmo- novning shogirdi. Toshkent metropoli- teni (“Mustaqillik”, “Hamza” va b.) bekatlari, “O’zbekiston” mehmonxonasi, “Zarafshon” restorani, Toshkent ope- retta teatri, “O’zbekistan” sanatoriysi (Sochi), Milliy bog’dagi Navoiy haykali gumbazi ostidagi bezaklar, Turkiston saroyi, Temuriylar tarixi davlat mu- zeyi (binoning tashqi ustunlari), Ger- maniyadagi O’zbekiston elchixonasi va b. uchun yaratgan nafis ganch o’ymakorligi asarlari yuksak mayorat bilan ishlan- gan. “Do’stlik” ordeni bilan mukofot- langan (1997). Usta Abduraxmon Sultonov.