Sultonov Jo’raxon

Sultonov Jo’raxon (1903.29.1 Marg’ilon — 1965.19.10) — xonan- da, bastakor, O’zbekiston xalq hofizi (1939). Keng diapazonli, kuchli, yumshoq xirildoq va dardli ovoz sohibi. Xonan- dalik saboklarini ilk bor otasidan ol- gan, keyinchalik Madali xrfizdan Yalla yo’llarini, Boltaboy Rajabov, Mamatbu- va Sattorovlardan katta ashula, sodir- xon Hofiz, Mulla To’ychi hofizlardan maqom yo’llarini o’zlashtirgan. Dastlab xalq to’ysayillari, choyxonalarda xiz- mat qilgan. 1926 y.dan M. Qoriyoqubov rahbarligidagi O’zbek davlat kon- tsertetnofafik truppasiga katnash – gan. Marg’ilon (1928-32) va Toshkent (1932-36 va 1940-58) teatrlarida, O’zbek davlat filarmoniyasi (1936-39), O’zbekiston radioqo’mitasi (1950-58) da yakkaxon xonanda. Mukimiy teatri- da Parfi Hofiz (“Tohir va Zuhra”), Norqo’zi (“Nurxon”) kabi rollarni ham ijro etgan. S xalq orasida “katta ashula piri” nomini olgan, shuningdek, yallalar usta- si, askiyachi sifatida ham tanilgan. Shogirdi M. Uzoqov bilan 25 yildan ortik, hamnafaslik qilib, o’ziga xos talqin yo’lini yaratgan. Repertuari- dan “Ushshoq” va “Sodirxon ushshog’i”, “Dugoh Husayn”, “besh parda Suvora” va “Savti Suvora”, “hanuz”, “Chor zarb”, “Chaman Yalla” kabi mumtoz ashula va yal- lalar, “bog’aro”, “shafoat”, “Xayrul ba- shar”, “otga mindim” va b. katta ashula- lar urin olgan. U o’zbek xalq kuy va usul- lari asosida bir qancha ashulalar ijod qilgan. “Naylayin”, “O’lmasun” (Na- voiy), “keling, ey ahboblar” (Furqat), “Bir qadah” (Chustiy), “Mubtaloman” (S.Abdulla), “ming qadam” (Habibiy), “Bir kelsin”, “Ey dilbari jononim”, “Ohkim” kabi katta ashulalarni cholg’u jo’rligida ijro etib yangi uslub yarat- gan. S. ijrolari O’zbekiston radiosi va San’atshunoslik in-ti fonojamgarma- larida saqlanmoqda, bir necha grammpla- stinka, audiokasseta va kompakt disklar- ga yozilgan. Vafotidan so’ng “Buyuk xiz- matlari uchun” ordeni bilan mukofot- langan (2000). 1997 y.dan Marg’ilonda S. va M. Uzoqovlar nomidagi Respublika xonandalar tanlovi o’tkazilmoqda.