Sultonov Toli Hojiahmedovich

Sultonov Toli Hojiahmedovich (1950.8.11, Ellikqal’a tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1996). Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika institutini tugatgan (1972). 1972 yildan Ellikkal’a tumanidagi 2-maktabda rus tili va adabiyoti o’qituvchisi (1987-2000 yillarda direktor). Darsni texnika vositalaridan, ko’rgazmali qurollardan foydalangan holda tashkil etadi.