Sultonov Xayridlin Madriddinovich
Sultonov Xayridlin Madriddinovich (1956.15.1, Toshkent viloyati Qibray tumani Tuzel qishlog’i) — yozuv- chi, publisist. Toshkent un-tining jur- nalistika ftini tugatgan (1978). “Guli- ston” (1974-80) va “Yoshlik” (1982-85) jurnalilarida adabiy xodim, bo’lim mudiri, G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida muharrir (1980— 82), bosh muharrir (1985-93). 1993 y.dan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida mas’ul xodim, 2001 y.dan Pre- zidentning Davlat maslahatchisi. S. o’zining ocherk, hikoya va qissalarida, asosan, zamondoshlari hayotiga murojaat etib, ularning ruhiy olamidagi insoniy go’zallikni, sodda, pokiza, mehnatkash kishilarning yax- lit obrazlarini yaratgan. S. tarixiy mavzularga ham murojaat etib, Navo- iy, Ulug’bek, Bobur, Abdulla Qodiriyga bag’ishlangan asarlar ezdi (“Boburning tushlari”, qissa va xikoyalar). Bobur nomidagi xalqaro ilmiy ekspedisiya a’zolari bilan birga qilgan safari ta- assurotlari asosida esa “Boburiynoma” ma’rifiy romanini yaratdi. S. mazkur asari bilan o’zbek adabiyotida ma’rifiy roman janrini boshlab berdi. Asar- lari nafis lirizm, tasvir madaniyati, tilining mayin, shirali va ranginli- gi bilan ajralib turadi. S. drama- turgiya va kinodramaturgiya sohalarida ham qalam tebratib, “Changak”, Abdulla Qodiriyga bag’ishlangan “Moziydan bir sahifa” videofilmlari, shuningdek, yozuvchining romani asosida ko’p seriyali “Mehrobdan chayon” videofilmi stsena- riysini yaratdi. Uning “Tushlarimda ko’rib yig’layman” va “yozning yolg’iz yodgo- ri” stsenariylari asosida badiiy fil- mlar suratga olingan. “Sarhovuzning bo’ylarida” (1992) pesasi mualli- Fi. A.SentEkzyuperi, Yu.Nagibin va V.Shukshinning hikoya hamda qissalarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputata. “Shuhrat” medali (1996), “mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan (2003).