Sultonova Vera Andreevna
Sultonova Vera Andreevna (1917.30.7, Moskva) — O’zbekiston xalq artisti (1975). Qizil armiya Markaziy teatri qoshidagi bilim yurtini tugat- gan (1937). Ermolova nomidagi teat- rda (1938), Ryazan teatrida (1939-41), Toshkent yosh tomoshabinlar teatrida (1944-45), Sovet Armiyasining Si- bir va uzok, Sharq qismlariga xizmat qiluvchi estrada jamoasida (1945— 56), Stalingrad viloyat drama teatrida (1948-49) ishlagan; 1956-77 y.larda Toshkent rus yosh tomoshabinlar teatri- da aktrisa. S. satirik, lirik ruxdagi aktrisa bo’lib, uning ijodiga hayotiy detallardan omilkorlik bilan foydala- nish xos. “Qorong’ulikdagi uchrashuv”da Varya, “kambag’allik ayb emas”da Lyu- bov Gordeevna, “Zolushka”da o’gay ona, “Uzoqyaqin yillar”da mehri opa, “Amu qahramonlari”da Biyjon xoda kabi rol- lari bilan tanilgan. U, shuningdek, o’g’il bolalar obrazlarini ham mohirona ijro etgan: Alyosha Peshkov (“Alyosha pesh- kov”), Buratino (“Oltin kalitcha”) va b.