Sumbula

Sumbula — ertapishar piyoz navi. O’zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik in-tida Gollandiya namunasi populyasiyasidan yakka tan- lash usulida chiqarilgan (A. Abbosov, D.S.Maqsudxo’jaev, D. M. Islomov; 2000). Piyozboshi yumaloq, vazni 90-120 g, po’stining rangi sariq, ichki po’stlari etli, oq, qalinligi 2,5 mm. O’simligi sovuqqa chidamli. Piyozining ta’mi sal achchiq. Hosili may oyida pishib eti- ladi, okt.— noyab.gacha yaxshi saqlanadi. Nav erta kuzgi, avg.ning ikkinchi yarmi hamda sent.ning birinchi yarmida ekila- Di. Ushbu muddatda gulpoya chiqarmaydi. “To’qsonbosti” va erta bahorda ekish mumkin emas. Sumbula piyoz navi. Hosildorligi o’rtacha 400-500 ts/ga, yaxshi parvarish qilinganda gektaridan 700-800 ts hosil olinadi. Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Toshkent viloyatlari uchun r-nlashtirilgan (2003).