“Sunani Abi Dovud”
“Sunani Abi Dovud” – 6 ta ishonchli hadis to’plamidan biri. Muhaddis Sijistoniyning asari. Ungacha hadis to’plamlari “alJomi'” yoki “alMusnad” deb nomlangan bo’lsa, u o’z to’plamini “asSunan” deb atadi va unga sunnati nabaviya va shar’iy ahkomlarni mavzular bo’yicha boblarga bo’lib yozib chiqdi. “Sunan”da 4800 ta hadis rivoyat qilingan. To’plam 35 fasl, 1871 bobdan iborat. Unga 3 ta olim 3 xil sharh ham bitgan.