Sundukyan Gabriel Mkrtichevich

Sundukyan Gabriel Mkrtichevich [1825.29.6(11.7) Tbilisi 1912.16.(29).3] — arman yozuvchisi, dramaturg. Arman ada- biyotida tanqidiy realizm asoschilari- dan. Arman teatri tashkilotchilaridan biri. Peterburg un-tini tugatgan (1850). Ilk pesasi — “tungi aksirish — yax- shilikka” (1863 y. sahnalashtirilgan). “Shovqin” (1866), “yana bir qurbon” (1870), “buzilgan uya” (1873), “erxotin” (1888) kabi pesalarida arman xalqining qismati va orzuintilishlari tasvirlan- gan. Uning “Pepo” pesasi (1871) arman dramaturgiyasining Nodir asarlaridan biri hisoblanadi. S. umrining so’nggi yillarida “Sevgi va erkinlik” (1910), “Vasiyat” (1912) dramalarini yaratdi. S. pesalari arman dramaturgiyasi tari- xida butun bir davrni tashkil etadi. U komediya janrini tor maishiy doiradan ijtimoiy umumlashmalar darajasiga ko’tardi. “Varenkaning ziyofati” (1877) qissasi ham bor. As: Izbrannoe, M., 1953. Ad.: Abov G., Gabriel Sundukyan, Ere- van, 1956.