Surepisa, dala karami
Surepisa, dala karami (Brassica campestris) — karamguldoshlar oila- si karam turkumiga mansub bir yillik o’tsimon o’simliklar turi; moyli ekin. Shim. yarim sharning mo”tadil iqlimli mintaqalarida, shuningdek, Rossiyaning Jan.da begona o’t tarzida uchraydi. S. Eron, Afg’oniston, Hindiston va Xitoy- da, G’arbiy Evropa mamlakatlari, qisman O’rta Osiyoda moy olish xamda em-xashak uchun ekiladi. Kuzgi va bahorgi shaklla- ri bor. Poyasi tik usadi, bal. 20-100 sm gacha, yaxshi shoxlanadi, pastki qismi tuk- li. Pastki barglari bandli, cho’zinchoq. Gulto’plami uzun shingil, sariq. Mevasi qo’zoq, uz. 3-5 sm. 1000 ta urug’i vazni 1.4—2,6 g. Urug’i tarkibida 38-50% moy bo’lib, sovun ishlab chiqarish., oziqovqat sanoa- tida, alif va bo’yoqlar olishda ishlatila- Di. Kunjarasi va ko’kati chorva mollari- ga yaxshi ozuqa hisoblanadi. Zararkunandalari: burgalar, bargxo’r, kana, shira, tunlamlar, krrakuya. Kasall iklari: ildiz chirishi, bakte- Rioz va b. Halima Otaboeva.