Surgi vositalari

Surgi vositalari – ichak pe- ristaltikasini kuchaytirib, ich yurishi- ni tezlashtiradigan modsalar. SV. Ichak shilliq pardasi reseptorlar (nerv uchla- ri) iga qitiqlovchi ta’sir ko’rsatadi. S. v. qabziyatda, odam zaharli moddalardan zaharlanganda ichakni tozalashda, shu- ningdek, me’daichak yo’llarini tekshi- rish, operasiyaga tayyorlash va b. xrllarda qo’llanadi. Asosan, yo’g’on ichakka ta’sir ko’rsatadigan va butun ichak bo’ylab ta’- sir etadigan S. v. mavjud. Surunkali qabziyatda, asosan, yo’g’on ichakka ta’sir etadigan S. v. buyuriladi. Ular o’simlik (ravoch, itjumrut, sano) preparatlari bo’lib, tarkibida antraglikozidlar tu- tadi. Kimyoviy tuzilishi va ta’siri Ji- xatidan antraglikozidlarga o’xshab keta- digan moddalar — fenolftalein va izo- feninlar sintez yo’li bilan olinadi. Bu guruh vositalari ingichka ichakdagi qazm jarayonini buzmasligi uchun uzoq mud- dat (yillar mobaynida) qo’llanilishi mumkin. Ular har kuni yoki kunora, odat- da, kechasi uykudan oldin buyuriladi va 8-12 soatdan keyin ta’sir ko’rsatadi. Tarkibida antraglikozidlar tutuvchi preparatlarga odam o’rganib qolishi mumkin, shuning uchun ularni birini ik- kinchisi bilan almashtirib ishlatishga to’g’ri keladi. Butun ichak bo’ylab ta’sir etadigan S. v. ga tuzli surgi va kanakunjut yog’i ki- radi. Tuzli surgi suvda yaxshi eriydi. U dissosiasiyalanganda ionlar me’daichak yo’lida yaxshi so’rilmaydi. Ichakda bu tuz- ning kontsentrasiyasi ko’payganda Osmo- tik bosim oshib ketadi, bu o’z navbatida suvning ichakda so’rilishini to’xtatib qo’yadi. Bu jarayon ichakdagi suyuqlik Xaj- Mining ortib ketishi bilan boradi. Na- tijada ichak peristaltikasi kuchayib, ich yurishadi. Shuni aytib o’tish kerakki, tuzli surgilar ichakda suvdan boshqa mod- dalarning ham so’rilishini to’xtatadi. Shu sababli, ular zaharli moddalar me’- daichak yo’lidan kirib, zaharlanish yuz berganda davo sifatida ishlatiladi. Kanakunjut moyining ta’siri shun- ga asoslanganki, u o’n ikki barmoq ichak- da parchalanib, butun ichakning shilliq qavati reseptorlarini qitiqlab, peri- staltikani kuchaytiradigan moddalar hosil qiladi (q. Ovqat hazm qilish si- stemasi). Tuzli surgilar muntazam ish- latilganda, ular ichakni ta’sirlanti- rishi natijasida ichak shilliq pardasi yallig’lanishi mumkin. S.v.ni fakat vrach ko’rsatmasiga muvofiq ichish kerak, chun- ki ba’zi kasalliklar (mas, appendisit bilan bog’liq bo’lgan kabziyat)Sya S.v.ni o’z bilgicha ichish yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.