Surgut

Surgut — RF XantiMansilar Muxtor okrugidagi shahar (1965 y.dan). 1975 y.da Tyumen sh. bilan temir yo’l orqali bog’langan. Ob daryosining o’ng sohilidagi port. Aholisi 274,8 ming kishi (1998). S. 1593 y. Ostyak qal’asi o’rnida Ostrog sifatida barpo qilingan. Shahar nomi unga yaqin bo’lgan ob Daryo- sining tarmoqchasi nomidan olingan. S. Sibirni ruslar tomonidan mustamlaka- ga aylantirishda tayanch markazi bo’lgan. 1782 y.dan Tobolsk namestnichestvo- sidagi shahar. 1804-67 y.larda shahar maqomida bo’lmagan. 1868 y.dan Tobolsk gubernyasi, 1898 y.dan uezdi markazi. 1920y.lar boshida aholisi kamligi bois shaharchaga aylantirilgan. 1930 y.dan Tyumen viloyati tarkibidagi Xanti- Mansilar milliy okrugida. 1950—60y. larda neft va gaz konlarining ochilishi munosabati bilan S. tez rivojlana bosh- ladi. 1965 y.da shahar maqomini oldi. Neft qazib olish sanoatining yirik markazi. Gazni qayta ishlash, yog’ochsozlik, oziqovqat sanoatlari rivojlangan. Uy- joy qurilish, baliqni qayta ishlash ktlari bor. Oliy o’quv yurti, o’rta maxsus bilim yurtlari, o’lkashunoslik muzeyi mavjud.