Suriya

Suriya, Suriya Arab Respublika- si (Al-Jumhuriya al-Arabiya as-Suriya) — Jan.G’arbiy Osiyodagi davlat. O’rta dengizning Sharqiy sohilida joylash- gan. Mayd. 185,2 ming km2. Aholisi 17,2 mln. kishi (2002). Poytaxti — Damashq sh. Ma’muriy jihatdan 14 viloyat (muhofaza)ga bo’linadi. Davlat tuzumi. S. — respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 1973 y. 12 martda qabul qilingan. Davlat boshlig’i — prezident (2000 y.dan Bashar Asad), u milliy referendumda 7 y. muddatga say- lanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Xalq kengashi (parlament), ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar Ken- gashi amalga oshiradi. Tabiati. Dengiz sohilining AK- sari qismi tepalik va toshloqli yassitog’likdan, ozrog’i pasttekislik (eni 20-30 km)dan iborat. G’arb va Jan. da Antilivan tog’tizmasi va balandligi 2814 m gacha bo’lgan Ashshayx tog’i joy- lashgan. S. hududining katta qismini g’arbdan sharqqa tomon pasayib boruvchi plato egallagan. G’arbda Ansoriya va az- Zaviya tog’tizmalari, Jan.g’arbda Addruz (eng baland joyi 1803 m) vulkan massivi joylashgan. S. hududining Jan.sharqini Suriya cho’lining bir qismi, shim. sharqini Jazira platosi tashkil qiladi. Neft, temir, mis, marganes, xromit, oltingugurt va b. konlar bor. Iklimi O’rta dengizga xos subtropik iqlim. Qish va bahorda yog’ingarchilik ko’p, yozi quruq. O’rtacha tra yanvarda 12°, avg.da 27°; yillik yog’in 700 mm dan kam. Mamlakat sharqida quruq kontinental iqlim. Fu- rot daryosining S. hududidagi uz. 675 km, uning asosiy irmoklari — Xobur va be- Lix. Shim.Sharqiy chegara bo’ylab Dajla daryosi o’tadi, shim.g’arbda O’rta dengiz havzasiga mansub bo’lgan alasi (Oront) daryosi va shim.da Hims ko’li bor. PLA- toda bo’z tuproqli qumloqqumoq cho’llar, Jan.da toshloqshag’alli hamada anchagina maydonni egallagan. Pasttekisliklar- da sho’rxok erlar uchraydi. Sharqiy Tavr tog’oldi bo’z jigar rang va jigar rang tuproqdan iborat, dengiz bo’yida sariq tuproq, balandlashgan sari tog jigar rang va tog’o’rmon tuproqli erlar bosh- lanadi. Ansoriya tog’ining Sharqiy yon bag’rida tog’dashtlari uchraydi. Sohil va tog’yon bag’irlaridagi o’rmonlarda eman, qarag’ay, sarv daraxtlari o’sadi, lavr butazorlari bor. Hayvonot dunyosi sirt- lon, bo’ri, chiyabo’ri, qoraquloq, jayran, yovvoyi eshak (onagr), kemiruvchi va sudra- luvchilar, tog’larda Suriya ayig’i, to’ng’iz, o’rmon mushugi va b.dan iborat. Aholisining 90% arablar ((Suriya- liklar); ulardan tashqari kurd, arman, turkman, turk, cherkas, falastinliklar ham yashaydi. Rasmiy til — Arab tili. Aholining aksariyati sunniy musulmon- lar, shuningdek shialar, alaviylar, xri- stianlar, maroniylar ham bor. Shahar aholisi 52,4%. Yirik shaharlari: Damashq, Halab, Hims, Latakiya. Tarixi. S. hududida odam Paleo- lit davridan yashab keladi. Mil. AV. 2ming yillikning 1-yarmida mayda shahardavlatlar vujudga kelgan. Mil. AV. 15-a.da S.ning ko’p qismini Misr, 14-a.da Xett podshoxligi egallab olgan, 12-a. boshlarida S. ozodlikka erishsada, 8-a. oxirida Ossuriyata, 7-a. oxirida esa Yangi Bobil podshoxligi, 6-a. o’rtalarida Axomaniylarga qaram bo’ldi. Mil. AV. 333 y. Iskandar Maqsuniy (Aleksandr) davlati tarkibiga kirdi, bu davlat bar- bod bo’lgach, Salavkiylar davlatining viloyatiga aylandi. Mil. AV. 1-a.da Ar- maniston podshosi Tigran II S.ni bosib oldi, 64 y. Rim, mil. 4-a. oxiridan VI- zantiya viloyatiga aylandi. Mil. 633-40 y.larda Arab xalifaligi, 1516 y.da US- monli turk imperiyasi zabt etdi va S. 1818 y.gacha Turkiya tarkibida bo’ldi. 1832-40 y.larda Misr qo’shinlari to- monidan bosib olindi. 1840 y. S.da Yana turklar hukmronligi tiklandi. 1918 y. okt.da S.ni ingliz qo’shinlari bosib oldi. 1919 y. Angliyafrantsiya ke- lishuviga binoan inglizlarning o’rnini frantsuzlar egalladi. 20y.larda milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1928 y. Ta’- sis Majlisiga saylov o’tkazildi, 1930 y. mayda S. respublika deb e’lon qilindi, ammo Frantsiya mandati saqlanib krldi, bu mandat 1943 y.dek.da bekor qilindi. 1946 y. 17 apr.dagina to’la mustaqillikka erishdi. 1958 y. S. Misr bilan yagona davlat — Birlashgan Arab Respublikasi (Bar)ga birlashdi, ammo 1961 y. 28 sent. da uning tarkibidan ajralib chiqdi va o’zini Suriya Arab Respublikasi (sar) deb e’lon qildi. 1963 y. 8 martda davlat to’ntarishi bo’lib, S. Arab sosialistik uyg’onish partiyasi (Baas) hokimiyatni qo’lga oldi, 1971 y. 12 martdan Hafiz Asad prezident bo’ldi. 1967 y. iyunda S.ga Isroil hujum qilib, mamlakat hududining bir kismi- ni (G’ulon tepaliklarini) bosib oldi. 1973 y. okt.da S. boshka Arab davlatlari qatori harbiy harakatlarda qatnashib, Isroil tomonidan bosib oligan er- larning bir qismini qaytarib olishga muvaffaq bo’ldi. S— 1945 y.dan BMT a’- zosi. O’zR suverenitetini 1991 y. 28 dek. da tan olgan va 1992 y. 24 apr.da diplo- Matiya munosabatlari o’rnatgan. Milliy bayrami — 17 apr, — chet el ko’shinlari chikarib yuborilgan kun (1946). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmala- ri. Arab sosialistik uyg’onish partiyasi (Baas), 1947 y. apr.da Arab uygonish par- tiyasi sifatida tashkil etilgan, 1954 y. dan xoz. nomda; S. kommunistik partiyasi, 1924 y. tuzilgan; sar taraqqiyparvar milliy fronta, 1972 y. asos solingan, 8 tashkilotni birlashtiradi. S. ishchi ka- saba uyushmalari umumiy federasiyasi, 1938 y. tuzilgan. Xo’jaligi. S. — agrarindustrial mamlakat. Yalpi ichki maqsulotda qishloq xo’jaligi.ning ulushi 26%, sanoatning ulushi 21%, xizmat ko’rsatish sohasining ulushi 53%. Qishloq xo’jaligida mehnatga layoqatli aholining 50%ga yaqini shug’ullanadi. 3,7 mln. gektar erda dehqonchilik qilinadi, shundan 500 ming ga sug’oriladi. Asosiy qishloq xo’jaligi. ekinlari: bug’doy, arpa, pax- ta, tamaki, qand lavlagi; sholi, er yong’oq, sabzavot, poliz ekinlari ham etishtiri- ladi. Vohalarda bog’dorchilik rivojlan- gan, tok, tsitrus, xurmo va b. subtropik mevali o’simliklar o’stiriladi, zaytun etishtiriladi. Qoramol, qo’y, echki, tuya, ot, xachir boqiladi. Sohilda baliq ovla- nadi. Sanoatida konchilik ustun: neft, fosforit, toshtuz, tabiiy asfalt, ol- tingugurt qazib olinadi. Elektr st- yalarning aksariyati neft asosida ish- laydi (yiliga o’rtacha 14,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi). Neft Baniyos va Himsdagi z-dlarda qayta ishlanadi. Kime (mineral o’g’it ishlab chiqarish.), to’qimachilik (jumladan, ip gazlama) va oziqovkat (un, yog’, vino, qandshakar, tamaki va b.), elektr texni- ka sanoati rivojlangan. Traktor yig’uv, elektr motor, po’lat prokati, beton shpal z-Di, ko’nchilik, poyabzal, binokorlik materiallari va b. korxonalar bor. Hunarmandchilik (oltin, kumush, misdan turli buyumlar tayyorlash) rivojlangan. Asosiy sanoat markazlari — Damashq, Halab, Hims, Latakiya, Tartus. T.y. uzun- ligi — 1,8 ming km, avtomobil yo’llari -39,2 ming km, neft quvurlari — 805 km. Asosiy dengiz portlari — Lata- kiya, Tartus, Baniyos Damashqda xalqaro aeroport bor. Iroq va Saudiya Arabi- stonidan O’rta dengiz sohiliga tortib kelingan ko’pgina neft quvurlari S. hududidan o’tadi. S. chetga neft va neft mahsulotlari, fosforit, paxta, qishloq xo’jaligi. mahsulotlari, teri, jun va b. chiqaradi, chetdan mashina va uskuna, transport vositalari, oziqovqat, kimyo mahsulotlari va b. keltiradi. Germaniya, Frantsiya, Italiya, Rossiya, Livan, Gresiya bilan savdo qiladi. S.ning O’zR bilan 2002 y.dagi tovar aylanmasi 1,7 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Pul bir- ligi — Suriya funti. Tibbiy xizmati. S.da tibbiy xizmat pulli. Vrachlar tayyorlaydigan 3 ta MAK- Tab, stomatolog va farmasevtlar maktabi, o’rta malakali tibbiyot xodimlari tayyor- laydigan 5 ta maktab bor. Halabdagi un- tda veterinariya FTI ochilgan. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’ri- fiy muassasalari. 6 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun boshlang’ich ta’lim majburiy. Maktab dindan ajratilgan, ammo diniy maktablar ham bor. Bir necha xususiy o’quv yurti mavjud. Darslar Arab tilida olib boriladi. S.da 4 unt va bir qancha davlat oliy o’quv yurtlari [Damashq un-ti (1923), Halabdagi un-t (1960), Himsdagi un-t (1979), Latakiyadagi un-t (1971), Damashq oliy texnologiya in-ti va b.] ishlaydi, ularda pul to’lab o’qiladi. Arab akademiyasi (1919), Damashq akade- miyasi (1919), qishloq xo’jaligi. Ilmiy markazlari bor. Damashkda un-t kutub- xonasi va Milliy kutubxona (1880), Halabda Milliy kutubxona (1924), La- takiyada Milliy kutubxona (1944), da- mashkda Milliy muzey (1919) va Arab tamadduni muzeyi (1976-77), Halabda Arxeologiya muzeyi (1960), Palmira mu- zeyi (1961), Hims, Tartus, Busroda mu- zeylar mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi, teleko’rsatuvi. Asosiy gaz. va jurnali- lari: “Assaura” (“inkilob”, Arab tili- da chikadigan kundalik gaz., 1963 y.dan), “Albaas” (“Uygonish”, Arab tilida chi- kadigan kundalik gaz., 1962 y.dan), “Al- Jamaxir alarabiya” (“arablar ommasi”, Arab tilida chikadigan kundalik gaz.), “Nidal ashshaab” (“Xalq kurashi”, Arab tilida chiqadigan gaz., 1934 y.dan), “Si- riya tayme” (“Suriya vaqti”, ingliz tili- da chikadigan kundalik gaz., 1981 y.dan), “Alfido” (Arab tilida chikadigan kun- dalik gaz.), “Almuhandis alarabi” (“Arab muhandisi” Arab tilida 2 oyda 1 marta chiqadigan jurnali, 1961 y.dan), “Nidal alfellahin” (“dehqonlar kura- shi”, Arab tilida chiqadigan haftanoma, 1965 y.dan). S. Arab axborot agentligi (Sana), hukumat axborot Mahkamasi, 1965 y. asos solingan. Radioeshitti- rish va teleko’rsatuv bosh direktsiyasi, hukumat xizmati, 1946 y. tuzilgan. Adabiyoti. S. xalqining og’zaki ijo- dida mil. AV. 8-7-a.lar voqealarini es- latuvchi rivoyatlar uchraydi. Mil. 2-14- a.lar ga oid Suriya (suryoniy) yozuvlari topilgan. 8-a.dan Arab tili raem bo’la boshladi va 14-a.ga kelib dunyoviy ada- bietdan Suriya tilini surib chiqardi. O’rta asrlarda Abu Tammom, AlBuhturiy, AlMutanabbiy, Abu Firas she’rlari va Abul a’lo alMaariyning falsafiy asarlari dunyoga keldi. 19-a.ga kadar S. adabiyoti Arab mumtoz adabiyoti an’ana- larini davom ettirdi. 19-a. o’rtalaridan Livan bilan Falastinni o’z ichiga olgan S. Arab madaniy uyg’onish makonlaridan biri bo’ldi Fransis Marrash, Rizqalla Xassun, Abdurahmon alkavokibiy va Adib Isxoq bu harakatga bosh bo’ldilar. 1-jahon urushidan keyin vatanpar- varlik kayfiyatidagi adabiy kuchlar (Muhammad Kurd Ali, Xalil Mardom- bek, Salim aljundiy va b.) Damashkda- gi Arab akademiyasiga birlashib, Arab adabiy merosini batafeil o’rganish va ommalashtirishga kirihdilar. 20y.larda realistik Nasr (subhi Ali g’anim, Sami alkiyoli, Fuad ashshaib, Shakib Alja- bri) yuzaga keldi. Hayriddin azZirekli, Muhammad alBizm, Muhammad Sulaymon alAhmad kabi shoirlar mustamlakachi- likka qarshi, mustakillik uchun kurash ruhida she’rlar yozihdi. 1951 y. S. yozuv- chilar uyushmasi tuzildi. 2-jahon urushidan keyingi davr ada- biyotida milliy ruhni qaror toptirish harakati kuchaydi. 60y.lardagi ayrim adiblar aksariyat ezilgan va umidsizlik- ka tushgan kimsalar hayoti va qismatini tasvirlashga berildilar. So’nggi yil- larda Isroilning Arab mamlakatlariga bosqinini la’natlovchi she’rlar (Ahmad Sulaymon Ahmad, Ali Jundiy) va na- sriy asarlar (mutaa safadi, Zakariyi Tamira) yaratildi. Me’morligi va tasviriy san’ati. S.ning qad. san’at yodgorliklari ne- olit davriga mansub (Damirkapu qoyatosh rasmlari, Sakchegyozyu sopoli, tosh va loy- dan yasalgan haykalchalar). Mil. AV. 2ming y.likning 1-yarmida shahardavlatlar (Mari, Ugarit, Yamxada — hoz. Halab) ravnaq topishi bilan birga me’morlik yuksak darajaga ko’tarildi: murakkab tarxli saroylar, hovlili ibodatxona- lar qurildi. Mil. AV. 16-14-a.lardagi san’at asarlarida qad. Misr va Egey madaniyatining ta’siri seziladi. Mil. AV. 9-a.da Ossuriya, mil. AV. 4-a.dan mil. 4-a.gacha yunon me’morligi an’analari ruhida inshootlar yaratildi (Palmira- dagi mahobatli kolonnalar va ibodatxo- nalar). 5-6-a.larda S.da mahalliy ilk Vizantiya badiiy maktabi shakllan- Di (Antioxiya, Apameya, Shaxba qadama naqqoshligi). Tosh va suyak o’ymakorligi, Pol mozaikasi, kitob miniatyurasi ri- vojlandi. 7-8-a.larda S. Arab mada- niyatini rivojlantirishga katta hissa qo’shdi, naqqoshlik, haykaltaroshlikning yangi uslublari yaratildi. O’sha davrda o’rta asr shaharlarining qiyofasi shak- llandi, maejid, madrasa, Tim, kasalxo- na, karvonsaroy, hammom va b. barpo etil- Di (Palmira yaqinidagi qasr alxayr alg’arbi, 8-a., Damashkdagi toqiravoqli jome masjid, 705-715 y.lar). Salibchi- lar tomonidan roman uslubida qurilgan qasrlarning xarobalari saqlangan (Hims sh. yaqinidagi Klark deshevale qo’rg’oni, 12-a.). 13-15-a.larda me’morlikda bez- akka ko’p e’tibor berildi, rang-barang koshinlardan, toshlardan, naqshdan keng foydalanildi, yog’och o’ymakorligi ri- vojlandi. Kitob miniatyurasi san’ati yuqori bosqichga ko’tarildi. Usmonli turk imperiyasi tarkibida bo’lgan yillar (1516-1918) da turk me’- morligiga xos hasham ortdi. Tasviriy san’atda nakshni asliga yaqinlashtirish avj oldi. 20-a.ning 60—90y.lari- da Vahbi alxaririy, Burhon tayyor, Mahmud Nofal, Tamimalkisraviy, Jo- ZEF Abduxdtsid kabi me’morlarning loyihalari asosida zamonaviy bino- korlik konstruktsiyalaridan foydala- nib, milliy shakldagi imoratlar qurila boshladi (Damashqdagi kasaba uyushma- lari binosi, Damashq va Halabdagi un-t korpuslari, Latakiyadagi munisipalitet binosi va b.). Tasviriy san’atda mo- dernizm unsurlari sezila Boshlasada, ko’pgina rassomlar mahalliy badiiy an’analarni davom ettirdilar (Afif Baxnassi, Nozim Ja’fariy, Maxmud Jalol, Jak Varde, Muhammad Fathiy va b.). Xalq amaliy san’atida kashtachilik, kandakorlik, badiiy to’quvchilik rivoj- langan. Musiqasi. S. xalq va an’anaviy musiqasida rivojlangan lad tizi- mi — maqomlar ko’p. Cholg’u asboblari jo’rligida qo’shiq aytish etakchi musiqiy janrdir. Ud, rubob, g’ijjak, qonun va b. cholg’u asboblari ko’p tarqalgan. Zamo- naviy xalq orkestri tarkibiga Evropa- cha skripka, violonchel, kontrabas kabi cholg’u asboblari ham kiritila boshladi. 1870 y. bastakor Mustafo albashnak ta- shabbusi bilan Halabda musiqa maktabi ochildi. Milliy bastakorlik maktabi- ni Solhi Uadsi, Dik Sukkari kabilar rivojlantirdilar. Xalq qo’shiklari ijrochilaridan Shokir Brexan, Mutia Mafi, Saboh faxrini ko’rsatish mum- kin. Musiqaning ommalashuvida radio va televideniening xizmati katta. Mil- liy musiqa kadrlari Damashq (1962 i. tashkil etilgan) va Halab (1963) konser- vatoriyalarida tayyorlanadi. Teatri. S. teatr san’atining kurta- klari milliy marosim va bayramlar- dan boshlangan. Professional teatr 19-a. o’rtalarida Damashqda Abu Xalil alqabboniy teatr truppasini tashkil etish bilan vujudga keldi. 1930y.lar oxirigacha mamlakatga kelib turgan Misr truppalari S. professional teatrining shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. 40y.larda Damashkda Abdullatif Fathiy rahbarligida teatr xodimlari jamoa- si tashkil etilib, birinchi marta Suriya lahjasida spektakllar qo’yildi (1945— 46). 1952 y. Sayodiddin Baxdunis tash- kil qilgan truppa Damashq va Halabda 1957 y.gacha tomosha ko’rsatdi. 1956 y. Damashkda yarim professional Erkin teatr, Halabda Xalq teatri ishlay bosh- ladi. 1957 y. pantomima xalq truppasi tuziddi. Damashkda Arab milliy drama teatrining ochilishi S. madaniy hayotida katta voqea bo’ldi. Mamlakatning eng iste’dodli aktyorlari Ali Aklya Arsan, Asad Fiddo, A. Kinni shu teatrda ishlay boshladi. Teatr repertuaridan xorijiy mumtoz va mahalliy dramaturgiya asarla- ri o’rin oddi. Bundan tashqari Damashqda “Ashshavq” (“tikanak”) satira teatri, Harbiy teatr, Dured Lyaxam nomidagi sa- tira va komediya teatri, qo’g’irchoq teatri ham ishlaydi. Kinosi. S.da birinchi kino seansi 1906 y.da bo’lgan. Birinchi to’la metraj- li “aybsiz sudlanuvchi” (rej. Ayyub Badri) badiiy filmi 1928 y. yaratil- Di. 30y.larda “Damashq osmoni ostida” (rej. I. Anzur, 1932), “burch amri bi- lan” va “qahvaxona ashulachisi” (ikkala film rej. A. Badri, 1938, 1939) kabi filmlar yaratildi. Shundan keying salkam 30 y. mobaynida mustamlakachi- lar hukmronligi davrida kinofil- mlar yaratish bilan havaskorlargina shug’ullandilar. 60y.larning 2-yarmi va 70y.larda ijtimoiy-siyosiy mavzuda- gi “yuk mashina haydovchisi” (rej. B. Vuchinich, 1967, Toshkent 1 kinofesti- valida faxriy diplom olgan), “Aldan- ganlar” (rej. T. Saloh), “Qoplon” (rej. N. Malex, 1972, Karlovivari, Lokarno va Damashq kinofestivallarida muko- FOT olgan) va b. filmlar yaratildi. Shundan so’ng yaqin Sharq mojarosi- ga bag’ishlangan “teskari yo’l” (rej. Haddad, 1975), “qahramonlar ikki marta tug’iladi” (rej. S. Duxni) va “qizil, oq, qora” (rej. B. Safiy, 1977) filmlari dunyoga keldi. Mervan Haddadning “Shi- rin muhabbatim” va Vadi Yusufning “Qopqon” (1980), N. Malexning “Eski suratlar” (1981) filmlari S. kine- matografiyasining so’nggi yillardagi muvaffiqiyatidir.