Suriyaliklar
Suriyaliklar (Suriya arablari) — xalq, Suriyaning asosiy aholisi. Su- riyada 11,75 mln. kishi yashaydi (1990y. lar o’rtalari). Shuningdek, Kuvayt (100 ming kishi)da ham yashaydi. Umumiy soni 11,85 mln. kishi. Arab tilida so’zlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar, shialar, xristianlar ham bor. Mil. 7-a. da Suriya Arab xalifaligiga qo’shib olinishi natijasida mahalliy, oromiy tilda so’zlashuvchi aholi tez sur’atlarda arablashgan va S. xalq sifatida shaklla- na boshlagan. Asosiy mashg’ulotlari — dehqonchilik, yarim ko’chmanchi chorvador- lik; S.ning bir qismi sanoatda band.