Suron

Suron — qo’shinlarning jang maydonida birbiriga qaramaqarshi turgan yoki hujum vaqtidagi askarlar qayqirig’i. O’rta asrlarda chingiziylar, Temuriylar va Shayboniylar qo’shinida askarlarning jangovar ruhini ko’tarish, dushmanni vahimaga solish maqsadida keng qo’llanilgan taktik amaliyot. S Arabcha “Alloh Akbar” hamda turkiycha “Hayu hay”, “ura”ga mos tushgan. Temu- riylar qo’shinida o’tkaziladigan harbiy ko’riklar chog’ida safda turgan jangchi- lar oliy bosh qo’mondonga o’zlarining bo’lajak yurishlarga shayligini, kayfi- yatini izhor etish maqsadida birdan va baravariga S solganlar.