Surxon tongi
Surxon tongi — o’rtapishar tarvuz navi. O’zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik in-tining Surxondaryo tayanch punktida PK87 Ame- Rika namunasi populyasiyasidan yakka tanlash usuli bilan chiqarilgan (B. Turdiqulov, V. F. Pivovarov, E. G. Do- bruskaya; 1997). S.t. o’rtapishar tarvuzlar orasida eng tezpishar va shirin nav. Pa- lagi uz. 3,0—3,5 m, barg shapalog’i keng, yashil uz. 18-24 sm. Tarvuzi vazni 3,7— 4,7 kg (9-10 kg gacha), shakli uzunchoq, yuzasi silliq, tusi och sariq, yuzasida tekis mayda to’rsimon to’q yashil dog’lari bor. Po’sti qattiq, eti qizil, sersuv, shirali, ba’zan tolali. Meva sharba- ti tarkibida 8,1% quruq modda, 7,0% qand mavjud. Urug’i mayda, jigarrang, silliq. Urug’i apr.may oylarida ekila- Di, unib chiqqanidan keyin 70-75 kunda pishadi. Hosildorligi 250-280 ts/ga. O’zbekistonning Janubiy viloyatlarida ekish uchun r-nlashtirilgan.