Sus xotin

Sus xotin — mavsummarosim qo’shig’i; folklor janri. Qurg’oqchilik munosabati bilan yomg’ir chaqirish maro- simida aytilgan. O’rta Osiyo, Kavkaz va b. xalqlar o’rtasida uchragan. “So’z xotin”, “Sut xotin”, “suv xotin” deb ham yuri- tilgan. Qo’shiq, asosan to’rtliklardan iborat bo’lib, barmoq tizimidagi etti hijoli vaznda yaratilgan, matnida muro- jaat, xitob ohanglari hukmron. “S.x.”da o’zbek xalqining uzoq o’tmishdagi meg’nat tajribalari, orzuistaklari badiiy shaklda ifodalangan. Hozir urfdan chiqib ketgan. Tili, ritmi, badiiy vo- sitalari jihatidan xalq so’z san’ati hodisasi sifatida o’rganiladi.