Susamir vodiysi
Susamir vodiysi, Susamir soyligi — Tyanshandagi soyliklardan biri. Shimoldan Talas Olatovi bilan Qirg’iziston Olatovi, Janubdan Susamirtov bilan Jumg’altov orasida (Qirg’iziston) joylashgan. Yer yuzasi, asosan, tekis. Vodiydan Susamir va G’arbiy Qorako’l (Norin havzasi) daryolari oqib o’tadi. Vodiy tubi 2100— 2500 metr balandlikda, qisman botqoqlashgan. Tog’ o’tloq dashtlaridan yaylov sifatida foydalaniladi.