Susamirtov

Susamirtov – ichki Tyanshanda- gi tog’tizmasi. Talas Olatovidan Jan. Sharqda. S shim.g’arbda chichqan daryosi (Norinning o’ng irmog’i)dan boshlanib, Jan.Sharqda Kyokemeren daryosigacha 125 km ga cho’zilgan. Eng baland joyi 4048 m. Relefi murakkab, ko’plab Daryo vodiy- lari bilan parchalangan. Uning shim. yon bag’ri Susamir va Kyokemeren daryolari- ning o’ng irmoqlari (Jalpaqsu, Aramsu va b.), Jan. yon bag’ri esa Norin va Kyo- kemeren daryolarining o’ng irmoklari (Qopchig’ay, Boortyoke, Burliqiya va b.) bilan kesilgan. Tizmaning suvayirg’ich qismi va yon bag’irlaridagi vodiylarda qad. va hoz. zamon muzliklari g’arakati ta’siri natijasida vujudga kelgan re- Lef shakllari (Trog, Karr, tsirk, morena tepalari) keng tarqalgan. Daryolarning o’rta va kuyi oqimlarida erozion relef shakllari (daralar, terrasalar) vujud- ga kelgan. Tizma yon bag’irlarida tekis- langan yuzalar (“sandiqlar”) saqlanib qolgan. Tizmadan Norin va Susamir vo- diylarini bog’lovchi bir qancha dovonlar (Muz—tyor -3643 m; Chortosh — 3380 m; Oyolma, Susamir va b.) bor. S. tarkibi granit, metamorfik slaneslardan ibo- rat. Suvayirg’ich qismida muzliklar uch- raydi. Tog’yon bag’irlaridan yozgi yaylov sifatida foydalaniladi.