Suto

Suto (Basuto) — bantu xalqlari guruhiga mansub xalq. Lesoto va JARning qo’shni tumanlarida yashaydi. Umumiy soni 4 million kishidan ortiq (1990-yillar o’rtalari); jumladan, JARda 2,44 million kishi, Lesotoda 1,6 million kishi. Shuningdek, Botsvanada ham yashaydi. Suto tilida so’zlashadi. Dindorlari — xristianlar, bir qismi an’anaviy e’tiqodlarga amal qiladi.