Suv gazchilari
Suv gazchilari — qandalalarning bir necha oilasi (cho’psimon suv gazchi- lari, veliyalar, haqiqiy suv gazchilari). 700 ga yaqin, O’zbekistonda 10 dan ortiq turi ma’lum. Suv yuzasida, ba’zan nam yo’sinlar orasida va qirg’okda yashaydi. Ko’pchilik turlari chuchuk suvlarda, bitta urug’iga mansub turlari tropik va sub- tropik dengizlarda yashaydi. Mayda Sg. suvo’tlar orasida, yirik turlari ochiq suv yuzasida sirpanib harakatlanadi (nomi shundan olingan). Suv yuzasiga tushib qolgan umurtqasizlar va ular- ning murdalari bilan ozikdanadi. Suv o’simliklariga tuxum qo’yadi.