Suv isitkich

Suv isitkich – sovuq suvni bug’, qaynoq suv, qaynoq gaz va elektr toki bi – lan isitish uchun mo’ljallangan issiqlik almashish apparati. Sirtki isitish va te- gishib isitish (kontakt) usulida ishlay- digan turlari bor. Sirtki isitish appa- ratlarida ichida bug’yoki qaynoq suv ayla- nib yuradigan quvurlarning sirti sovuq suvni isitadi. Bular ko’proq tarqalgan. Tegishib isitish apparatlarida sovuq suv bug’yoki qaynoq suvga bevosita tegib isiydi. Bular kamroq tarqalgan. Qozon agregatlariga o’rnatiladigan S.i.larida sovuq suv atmosferaga chiqib ketayotgan gazlarning issiqligi hisobiga isiydi. Bunday apparatlar suv ekonomayzerla- ri deb ataladi. Gaz, elektr yoki qattiq yoqilg’i (o’tin, kumir) bilan ishlaydigan mahalliy S.i.lar jumlasiga vannaxo- na suv kolonkalari, zmeeviklar (burama quvurlar), suv isitish qutilari, elektr suv qizdirgichlar (kipyatilniklar) va b. kiradi. S.i.lar issiq suv bilan ta’min- lash va suv bilan isitish tizimlarida, qozon agregatlarida, xo’jalik va maishiy ehtiyojlar uchun issiq suv tayyorlash va b. maqsadlarda keng ishlatiladi.