Suv moshaklar

Suv moshaklar (Rallidae) suv moshaksimonlr turkumiga mansub qushlar oilasi. Suv havzalarida hamda botqokliklarda yashaydi. Og’irligi 20— 30 g dan 1,5—2,5 kg gacha. Patlari ko’proq qizg’ishjigarrang, ayrimlari qora yoki ko’k yashil rangda. Asosan, tunda faol g’ayot kechiradi. 150 ga yaqin turi bor. Er yuzasining derli hamma hududlarida tarqalgan. Har xil tovush chiqaradi. Ko’pincha uyasini suvga yaqin joyga quradi. 3-15 ta tuxum qo’yib, 20 kunga yaqin bosadi. Bolalari 2-3 kunligidayoq uyasini tashlab ketadi. Jo’jalarni bir necha kun ota-onasi boqadi. S. umurtqasiz hayvonlar va o’simliklar bilan ozikla- nadi. O’zbekistonda 7 turi: qashqaldoq, g’ozqanjir, oddiy suv moshak, tartar, od- diy pogonish, mitti pogonish, kichik po- gonish tarqalgan. Go’shti mazali. Xalqaro tabiatni muhofaza qilish Ittifoqining Qizil kitobiga 16 tur va kenja turlari kiritilgan.