Suv o’tkazmaydigan qatlam
Suv o’tkazmaydigan qatlam – o’zidan tabiiy bosimli er- kin suvni o’tkazmaydigan yoki deyarli o’tkazmaydigan (gillar, gilli slanes- lar, darzsiz ohaktoshlar, yaxlit Kristal- li jinslar) tog’jinslari yoki ustki va ostki tomonidan suvli gorizont bilan chegaralangan tog’jinslarining kdglami. S.o’.k.ning suvli qatlamga nisbatan suv o’tkazuvchanligi 10-100 marta kam. Suv o’tkazuvchanligi yomon bo’lgan tog’jinsla- riga gillar, qumoq tuproqlar, alevrolit- lar kiradi. Suvni yaxshi o’tkazuvchi suvli qatlamlar toshqotishma, shag’al va kum- lardir. S.o’.q.lardan gravitasion suvlar- ni chiqarib olish qiyin bo’lganligi uchun er osti suvlari burg’i quduqlari orqali suvni yaxshi o’tkazadigan qatlamlardan tortib olinadi. S.o’.q. deformasiyalan- ganda yoki ustki qatlam yupqa bo’lganda suv yoki oqma qum to’satdan yorib chiqadi.