Suv sathi

Suv sathi — Daryo va ko’llardagi suv yuzasining dengiz sathiga nisbatan baland yoki pastligi (suvning nisbiy sathi). S.s.ning o’zgarib turishi, aso- san, Daryo suvi sarfi va ko’l hajmining o’zgarishiga bog’liq. S.s.ning tabiiy o’zgarib turishi esa, asosan, iqlim sha- roitlariga bog’liq. Ko’llardagi S.s.ning yillik o’zgarishi bir necha sm dan 2-3 m gacha, katta daryolarda 5-12 m (ba’zan 30-35 m) gacha etadi. S.s.ning o’zgarishi suv o’lchash shoxobchalarida aniqlanadi.