Suv xo’jaligi

Suv xo’jaligi – xalq xo’jaligi tarmog’i; suv resurelarini o’rganish, hisobga olish, undan kompleks foydala- nishni rejalashtirish, sug’orish siste- malarini ekspluatasiya qilish, er osti va er usti suvlarini ifloslanishdan, tugab qolishdan saqlash, shuningdek, uni iste’molchilarga etkazib berish bilan shug’ullanadi. S.x. vazifasiga erlarni sug’orish, zaxini qochirish, yay- lovlarni suv bilan ta’minlash; tuproq qatlamining yuvilib ketishi va jarli- klar hosil bo’lishining oldini olish; erlarni, binolar, inshoot va b. ob’- ektlarni suv toshqini va suv bosish- dan muhofaza qilish; sanoat, qishloq xo’jaligi., aholini suv bilan ta’min- lash (q. Suv ta’minoti), suv energiyasi- dan foydalanish; balikchilik va baliq ovlash, kema qatnashi va yog’och oqizish ishlari uchun zarur bo’lgan inshoot va moslamalarni qurish; suv resurela- rining behuda sarflanishi, kamayib ketishi va ifloslanishidan muhofaza qilish va b. ishlar kiradi. Suv resurela- riaan foydalanish tartibiga ko’ra, xalq xo’jaligi tarmoqlari suv iste’molchi va suvdan foydalanuvchi tarmokg’іarga bo’linadi. Suv iste’mol ch il ar (sa- noat, qishloq xo’jaligi., kommunal xo’jaligi) suvni manbadan olib, aksa- riyat tamomila iste’mol qiladi yoki bir qismini o’zlashtiradi va bug’lantirib yuboradi, qolgan qismini esa sifatini o’zgartirgan (oqova) holda qaytaradi. Natijada manba suvining sifati, mik- dori va rejimi o’zgaradi. Suvdan foy- dalanuvchilar (gidroenergetika, suv transporta, baliqchilik va b.) suvning o’zidan emas, uning energiyasidan va suv- li muhitdan foydalanadilar, natijada manbadagi suv sifati, mikdori va reji- mi o’zgarmaydi. O’rta Osiyoda qishloq xo’jaligi juda ko’p suv iste’mol qiladi. Uning hissasiga sug’orma dehqonchilikda to’liq sarflanadigan umumiy suv miqdorining 80-90% ga yaqini yoki yiliga 64 mlrd. m3 to’g’ri keladi. Uning asosiy qismi Su- gorma dehqonchilikda sarflanadi. Arid zonalardagi suv resurelarining eng muhim xususiyati — ularning hududlar bo’yicha notekis taqsimlanganligi, shu- ningdek, dare oqimining vakt (yillar va mavsumlar bo’yicha oqim o’zgarishi) oralig’ida noqulay taqsimlanishidir. Ayrim hududlarda suv resurslari va unga bo’lgan ehtiyoj o’rtasidagi nomuvo- fiklikni yo’qotish uchun gidrotexnika inshootlari: Daryo va kanallar oqimini ko’p yillik, yillik, mavsumiy va oy, hafta va sutka davomida tartiblovchi suv omborlar (q. Suv ombori), Daryo oqimini hudud bo’ylab taqsimlovchi kanallar; Daryo va suv omborlari va shu kabidan suv oluv- chi nasos stantsiyalari (q. Nasos stantsiya- si) quriladi. Gidrotexnika inshootlari kompleksining majmui suv xo’jaligi sistemasini tashkil etadi. Sug’orish va xalq xo’jaligining boshqa maqsadlari uchun suvga bo’lgan ehtiyoj kuchaygan hozirgi davrda bir qancha tarmoklarga xizmat qiladigan ko’p maqsadli yirik suv omborlari qurilmoqsa (mas, Chorvoq, Norak, To’xtag’ul va b. suv omborlari ir- rigasiya va gidroenergetikaga xizmat qiladi), suvni havzalararo taqsimlash va uni uzok, masofalarga olib borish ishlari amalga oshirilmoqda (mas, Amudaryo suvi AmuBuxoro mashina kapa- li orqali Zarafshon daryosi havzasiga oqizilmoqda). O’zbekistonda S.x. tarixi juda qadimiy. Sirdaryo va Amudaryo etaklari- da mil. AV. 8-7-a.lardan boshlab sug’orma dehqonchilik qilinganligining arxeolo- gik dalillari mavjud. Samarqand vohasi, Farg’ona vodiysida qadimiy sug’orish in- shootlari (kanallar, to’g’onlar, korizlar) qoldiqlari hozirgacha saqlanib qolgan. Yirik sug’orish kanallaridan Bo’zsuv, Zang kabilar qadimiy tarixga ega. 10-a. da pasttog’darasi (Jizzax viloyati fo- rish tumani)da qurilgan Xon bandi (suv sig’imi 1,5 mln.m3), 16-a.da Samarqand viloyatida qurilgan Abdullaxon bandi o’sha davrning noyob inshootlaridan biri bo’lgan. O’zbekistonda S.x. sistemasi 20-a. ning 20y.laridan boshlab eski sug’orish tarmoklarini tiklash, yangilarini qurish, sug’oriladigan yangi erlarni o’zlashtirish (Mirzacho’l, Dalvarzin, Qumqo’rg’on dashtlari, Jizzax cho’li, Qizilqum chekkasi) va uning suv ta’mi- noti, xo’jaliklararo sug’orish va kol- lektordrenaj tarmoklarini qurish va b. bilan bog’liq holda shakllanadi (q. Kanal, Meliorasiya). Q.x. sug’orma dehqonchilikka asoslangan O’zbekistonda suvni iste’molchilarga o’z vaqtida va kerakli miqsorda etkazib berish maqsadida ko’plab kanal, gidrouzel, gi- drotexnika inshootlari, suv omborlari, doimiy nasos stantsiyalari, kollektor- drenaj tarmoqlari qurildi. Respublika S.x.da 4,3 mln.ga sug’oriladigan erlar va 19,5 mln.ga suv chiqarilgan yaylovlarni suv bilan ta’minlash uchun umumiy suv sarfi 2500 m3/sek bo’lgan 75 ta yirik ka- nal, umumiy hajmi 18,6 mlrd. m3 bo’lgan 53 suv ombori va 25 sel ombori, 32,4 ming km xo’jaliklararo va 176,4 ming km xo’jalik sug’orish tarmoqlari, 5000 ga yaqin nasos agregatlari o’rnatilgan 1479 doimiy nasos st-yalari va b. inshootlar qurilgan. S.x. o’z qurilish industriya- si va mexanizasiyalashgan suv qurilish tashkilotlariga ega. S.x. tizimida i.t. intlari, oliy va o’rta maxsus o’quv yurt- lari (O’rta Osiyo irrigasiya i.t. inti, “Suvloyiha” birlashmasi, Toshkent ir- rigasiya va meliorasiya inti, kollejlar), loyihaizlanuv muassasalari faoliyat ko’rsatadi. S.x.ga umumiy rahbarlikni Respublika qishloq va suv xo’jaligi va- zirligi olib boradi. Vazirlikning VI- loyatlar boshqarmalari hamda irrigasiya tizimlari gidrouzellar, kanallar, nasos st-yalari ishlarini boshqaradi. Gidrome- triya xizmati joylarda suv taqsimotini hisobga oladi va nazorat qiladi.