Suvayirg’ich
Suvayirg’ich – er yuzasida yog’in suvlari oqimini turli tomonlarga yo’nalgan ikki yon bag’ir bo’yicha ajratib turuvchi chiziq, chegara. Er ostida esa S — turli tomonlarga harakatlanuvchi er osti suvlari oqimini ajratib turuvchi shart- li chiziq. S. tog’li o’lkalarda tizmalar- ning qirralaridan o’tadi. Tekisliklar- da esa yassi erlardan, botqoqliklardan iborat bo’lishi mumkin. Bunday joylar- da S.ni chiziq tarzida ko’rsatish mumkin emas. Tinch okean havzasi bilan Atlanti- ka okeani havzasini chegaralab turuvchi chiziq erning bosh S. deb hisoblanadi.