Suvaysh bo’yni

Suvaysh bo’yni – O’rta dengizni qizil dengizdan ajratib turuvchi quruqlik, Misr xududida. Afrika bilan Osiyo materigini birlashtirib turadi. Eng keng joyi 112 kilometr. Tektonik cho’kmadan iborat. Yer yuzasi gilli tekislik, g’arbi qumtepa va barxanlardan iborat (eng baland joyi 107 metr). Iqlimi subtropik cho’l iqlimi. Sho’rxoklar, sho’r ko’llar (katta Sho’r ko’l va boshqalar) bor. Suvaysh bo’yni orqali Suvaysh kanali o’tkazilgan.