Suvaysh kanali
Suvaysh kanali – Misr- ning shim.Sharqiy qismidagi kema qatnaydigan shlyuzsiz dengiz kanali. O’rta dengizni qizil dengiz bilan bir- lashtirib turadi. Atlantika va Hind okeanlari o’rtasidagi eng qisqa suv yo’li (Afrikani aylanib o’tishni 8-15 ming km ga qisqartiradi). S.k. xududi Osiyo bilan Afrika oralig’idagi shartli Geo- grafik chegara deb qabul qilingan. Ka- nal kema qatnovi uchun 1869 y. 17 noyab. da rasmiy ochilgan. Uz. 161 km (kanalning chikishdagi davomi bilan esa 173 km). Kengligi 120-150 m, o’zanining tubida 45-60 m. Chukurligi farvaterida 12,5— 13 m. Kemalar kanalni o’rtacha 11-12 soatda suzib, o’tadi. Kanalga kiraverish- dagi eng yirik portlar: O’rta dengizda Port Sayd va qizil dengizda Suvaysh. S.k. trassasi Suvaysh buyninnng eng tor va past qismidan, qator ko’l (timsoh ko’li, katta va kichik sho’r ko’llar) hamda manzala lagunasi orqali o’tgan. Kanal zonasini ichishga yaroqdi suv bi- lan ta’minlash uchun Nil daryosidan uz. 180 km chuchuk suvli Ismoiliya va Port Sayd yo’nalishida Abbosiya kanallari qazilgan (qadimgi Misrda mil. AV. 2 ming yillikda Nil daryosini qizil den- giz bilan bog’lagan kanal — fir’avnlar kanali qazilgan). S.k. neftga boy yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarini hamda Osiyo, Avstraliya va Sharqiy Afrikani G’arbiy Evropa bilan bog’lovchi xalqaro dengiz yo’lida joylashgan. Kanalda ta- shilayotgan jami yuklarning 70% dan ko’prog’i neft va neft mahsulotlariga to’g’ri keladi. Kanal qurilishi 1859 y. 25 apr.da frantsuz (Linan va Mujel) va italyan (Negrelli) muhandislari loyihasi bo’yicha boshlangan. Kanal qazishda har oyda Misr dehqon (falloh) laridan 60 ming kishi majburan jalb qilingan. 1882 y.da Angliya Misrni bo- sib olgach, S.k. Buyuk Britaniyaning yaqin Sharqdagi eng katta harbiystrategik ba- zasi bo’lib qoldi. S.k.ni 1956 y.ga qadar, asosan, Angliya va Frantsiyaga qarashli kompaniyalar boshqarib kelgan. 1956 y. 26 iyulda Misr hukumati kanalni nasio- nalizasiya kildi. Kanal orqali o’tadigan kemalardan olinadigan boj haqi MAP iqtisodiyotiga katta daromad keltiradi.