Suvbulduruq, saja
Suvbulduruq, saja (Syrrhaptes paradoxus) — budduruklar oilasiga mansub qush. Uz. 40-42 sm, vazni 300 g gacha. Narining qorin qismi qora, qolgan joylari sarg’ish, qora yo’lli; modasi- ning rangi xiraroq. Oyokdari uch barmok- Di, patlar bilan qoplangan. Panjasida yostiqchalari bor. Qanot va dum patlari uzun. Jan.Sharkay Evropa, O’rta va Mar- kaziy Osiyoning dasht va yarim dashtlari- da yashaydi. O’zbekistonda uya qurib, bola ochadi. Uyasini o’simliklar ostiga (erga) quradi. 2-3 tuxum qo’yadi. Tuxumini nari va modasi galmagaldan 30 kun bosa- Di. Asosan, o’simlik urug’lari va kurta- klari bilan oziklanadi. So’nggi yillar- da soni kamayib bormoqda.