SUVBURGUTLAR
SUVBURGUTLAR (Haliaeetus) qarchig’aylar oilasiga mansub yirtqich qushlar urug’i. 8 turi bor. Uz. 60-110 sm, vazni 2-3 kg dan 6-9 kg gacha. O’zbekistonda oq dumli suvburgut va uzun dumli suvburgut (bahor, kuz va qishda) uchraydi. Pati, asosan, jigarrang tusda. S. er yuzida keng tarqalgan. Daryo, dengiz va ko’l qirg’okdarida yashaydi. Qoya va da- raxtlarga uya quradi. Uyadan 30-50 va un- dan ko’p yil foydalanadi. 1-3 ta tuxum qo’yadi. Uni 35-40 kun bosadi. Bolalari 65-75 kunligida uyasidan uchib chiqadi. Asosan, baliqlar, suv va suv bo’yida yashovchi kushlar bilan oziqlanadi. Uzun dumli S. va oq dumli S. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro itti I foki ro’yxati I ga, “yo’q bo’lib I ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari- ning xalqaro savdosi to’g’risida”gi kon- ventsiyaning (CITES) II ilovasiga hamda O’zbekiston Respublikasi qizil kitobi- ga kiritilgan.