Suvchi
Suvchi — suv tashib beruvchi maxsus kasb. Suvchilar suv manbalaridan xonadonlar, guzarlar, choyxonalar va karvonsaroylarga suv tashib berib tirikchilik o’tkazishgan. Suvchilar O’rta Osiyoning suv tanqis ayrim shaharlarida, masalan, Buxoro amirligi va Xiva xonligida 20-asr boshlariga qadar mavjud edi. Xiva xonligi saroyida shunday lavozim bo’lgan, Buxoroda esa, Suvchini meshkobchi deb atashgan. Shaharlarning suvdan foydalanish (vodoprovod) shoxobchalari bilan ta’minlanishi natijasida Suvchiga ehtiyoj qolmagan.