Suvga cho’kish

Suvga cho’kish — baxtsiz hodisa. Bunda nafas yo’llari suyuklik (odatda, suv) yoki suyuq massalar (balchiq, loy) bi- lan to’lishi natijasida nafas va yurak faoliyati qattiq buziladi. S.ch., odatda, katta suv havzalarida cho’milganda yoki biror sababga ko’ra sodir bo’ladi. Yaxshi suzadigan odam ham (suvda cho’milish qoidalariga rioya qilmasa va ehtiyot choralarini ko’rmasa) cho’kib ketishi mumkin. Uzoq masofaga suzib charchash, shuningdek, kalla tashlagan- da shikastlanish (boshning toshga yoki biror qattiq narsaga urilib ketishi) S.ch.ga sabab bo’ladi. Kalla tashlagan odam (kalla tashlash texnikasini bilma- sa) suv yuzasiga urilib ketishi tufayli bo’yin, ko’z, biqin sohasiga zarb etkaza- Di, bu esa hushdan ketishga olib keladi. Boshning havza tubiga urilishi bo’yin umurtqalarining sinib ketishi xavfi- ni tug’diradi. Mastlik ham S.ch.ga sabab bo’lishi mumkin, maet odam o’zini idora qilolmay, cho’milish qoidasini buzadi. Bundan tashqari, u sovuqni yomon sez- ganligi uchun sovqotib, hushdan ketishi mumkin. Oftobda qizib turib, birdan suvga tushish natijasida harorat keskin o’zgarganda, me’da ovqatga to’lib ketib, ovqat hazm bo’lishi tezlashganda, suvga birdan tushib qo’rqqanda ham kishining hushdan ketishi kuzatiladi. S.ch.da sodir bo’ladigan o’lim og’ir Pa- tologik o’zgarishlar — gipoksiya (kislo- rod etishmasligi) ta’sirida yuz beradi. Chin, “quruq”, nafas va yurakning birdan to’xtab qolishi (sinkopal) nati- jasidagi S.ch. farq qilinadi. Cho’kayotgan odamning hayot uchun kurashishi chin S.ch.ning eng xarakterli belgisidir. “Quruq” S.ch. hushdan ketish bilan birga kechadi. Bunday hollarda odam cho’kmaslik uchun faol qarshilik ko’rsata olmay, birdan suv tubiga cho’kib ketadi. Hiqildoqqa ozroq miqdorda tushgan suv tovush boylamlarini spazmga olib kela- Di va odam nafas ololmay qoladi, lekin suvning o’pkaga o’tishiga yo’l qo’ymaydi. Shuning uchun S.ch.ning bu turi “quruq” S.ch. deb ataladi. Bunda nafas yo’llarida suv bo’lmaydi, teri ham uncha ko’karmaydi, faqat og’iz va burunda bir oz suyuklik bo’ladi. Sinkopal S.ch.da nafas bilan bir vaqtda yurak ham to’xtaydi. Bunda mayda tomirlar spazmga uchraganidan terining rangi oqarib ketadi. S.ch.da suvning t-rasi alohida ahamiyatga ega. Kishi sovuq suvga cho’ksa, gavda t-rasi tezda pasayadi, bu — orga- nizmda moddalar almashinuvining se- kinlashishiga sabab bo’ladi va uning kislorod tanqisligiga chidamliligini oshiradi. Bunda cho’kkan odamni tirilti- rish ehtimoli bo’ladi. Cho’kkan odamga yordam beri sh . Agar odam hushidan ketmagan bo’lsa, uni tin- chlantirib, ho’l kiyimlarini echish, ba- Danini quruq qilib artish, boshqa kiyim kiydirish kerak; hushdan ketgan, lekin tomiri va yuragi urayotgan bo’lsa, nasha- tir spirt hidlatish, ko’krak qafasini siqib turgan kiyimdan bo’shatish, na- fasini yaxshilash uchun tilidan teztez tortib turish lozim. Yurak va nafas to’xtagan bo’lsa, organizmni tirilti- rishning oddiy usullari qo’llanadi. AV- valo, iloji boricha tezlik bilan nafas yo’llaridagi suyuklikni chiqarib tash- lash lozim; yordam berayotgan odamning bukilgan tizzasiga shikastlangan kishi qorni bilan yotqiziladi, yuqori nafas yo’llari va me’dadan suv oqib tushishi uchun boshi pastga osiltirib qo’yiladi. Suvni chiqarib yuborgandan keyin darhol sun’iy nafas oldirishga kirishiladi (cho’kkan odamning og’zi qum, qusuq massa- laridan tezda tozalanadi). Sun’iy nafas oldirishning ko’pgina usullari orasida “og’izdanog’izga” va “og’izdanburunga” na- fas berish yaxshi naf beradi. Cho’kkan odamning (qay ahvolda bo’lmasin) oyoqqo’llarini ishqalash, mas- saj qilish yo’li bilan isitish choralari ko’rilishi lozim. Barcha usullar cho’kkan odamni suvdan chiqarib olgan zahotiyoq to vrach etib kel- guncha (qirg’oqda, qayiqda) bajariladi yoki bemorni zudlik bilan kasalxonaga olib boriladi.