SUVKESARLAR

SUVKESARLAR (Rynchopidae) baliqchilar turkumiga mansub qushlar oi- lasi. 3 turi tropik mintaqada tarqalgan. Gavdasining uz. 45 sm cha. Oqqora tusda. Qanotlari uzun va ingichka. Tumshug’i katta; ostki tumshug’i ustkisidan ancha uzun. Osiyo, Afrika, Amerikaning tro- pik hamda subtropik mintaqalaridagi yirik ichki suv havzalari va daryolarning quyilish joylarida yashaydi. Tuda bo’lib qumga uya quradi. 3-4 ta tuxum qo’yadi. Tuxumlarini urg’ochisi bosadi. Mayda baliklar, hasharotlar va b. hayvonlar bilan oziklanadi. Suv ustida ostki tumshug’ini suvga bir oz botirib, pastlab uchadi; tumshug’iga tushgan o’ljani havoga uloqtirib, yana havoda tutib oladi.