Suvmotor sporti

Suvmotor sporti – sportning texnik turi, motorli kemalarda tez- lik musobaqalari va turizmni o’z ichiga oladi. S.m.s. musobaqalarida 16 yoshga to’lgan o’g’il va qizlar hamda motorli ke- malarni boshqarish huquqi berilgan, Su- zishni yaxshi biladigan shaxslargina ish- tirok etishi mumkin. Sport turi sifa- tida 20-a. boshlarida paydo bo’ldi. 1908 y. 3 klassdagi motorli kemalarda poyga Olimpiada o’yinlari dasturiga kiri- tildi. 20-a.ning 20y.laridan jahon chem- pionati musobaqalari o’tkaziladi. 1922 y. Xalqaro suvmotor uyushmasi (UIM) tuzildi, unga 50 gayaqin mamlakat a’zo. O’zbekistonda S.m.s. bilan 1960 y.dan shug’ullaniladi. O’sha yili 1Musobaqa Tuyabo’g’iz suv omborida o’tkazilgan. Mam- lakatning suv havzalarida, xususan, Toshkent dengizida S.m.s. musobaqalari o’tkazib turiladi.