Suvor, Suvar

Suvor, Suvar – Volga-Kama Bulg’oriyasidagi shahar. 9-a.da barpo etilgan; yozma manbalarda 10-a.dan qayd qilingan. Istaxriy va Muqaddasiylar suvor elati haqida xabar berganlar. S. shaxar xarobasi Tatariston Respubli – kasidagi Kuznechixa qishlog’i yaqinida (Volganing chap irmog’i utka daryosi- ning yuqori oqimi bo’yida) joylashgan. S.ning katta rabodi bo’lib, shahar atro- Fi mudofaa xandaklari va to’sinxodalar bilan o’ralgan edi. 1933-37 y.larda A. P. Smirnov rahbarligida olib boril- gan arxeologik qazishmalar natijasida Sdan turar joy (paxsa va to’sinlardan ishlangan) qoddiqlari, g’ishtin saroy (yashil va ko’k koshin parchalari bilan qoplangan), don ombori, sopol buyumlar, qurolaslaha, bezak buyumlari topilgan. S.da xunarmandchilik va savdo (Eron, Xorazm, Vizantiya, rus, Gruziya bilan) taraqqiy etgan. Tanga zarb qilingan (10- a.). Aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan ham shug’ullangan. S. 10-12-a.lar- da ravnaq topgan. 14-a. oxirida tanazzul- ga uchrab, tashlandiq holga kelgan. Ayrim olimlar (A.P.Kovalevskiy, V. F. Kaxov- skiy) “chuvash” etnonimi “suvar”ning o’zgargan shakli deb xisoblaydilar.