Suza

Suza — Erondagi qadimgi shahar (miloddan avvalgi 4 ming yillik —milodiy 10-asr). Miloddan avvalgi 3-ming yillikning 2-yarmi — 1-ming yillikning 1-choragida Elam poytaxti. Suzadan istehkomlar, saroylar, maqbaralar, sirlangan gishtlarga ishlangan bo’rtma rasmlar (jumladan, jangchilarni saf tortib yurishlari tasvirlangan rasm; hozirgi Berlin, Luvr davlat muzeylarida saqlanadi), yozuvlar bitilgan stela (ustun)lar, bo’yama sopol idishlar va boshqalar topilgan.