Suzma
Suzma — sut mahsuloti. Asosan, O’rta Osiyo va Qozog’istonda uy sharoitlarida tayyorlanadi. Qatiq yoki kuvda sariyog’i olingan ayronni surp xaltaga solib, 3-5 soat ilib qo’yiladi. Zardobi sizigach, Suzma hosil bo’ladi. Qatiq va ayrondagi vitaminlar, organik moddalar to’la saqlanib qoladi. Suzma to’yimli va parhez mahsulot hisoblanadi. Tuz va ko’katlar qo’shib iste’mol qilinadi, qurt tayyorlanadi.