Svaylar

Svaylar – gruntga cho’ktiriladigan yoki quriladigan sterjentlar ko’rinishidagi poydevor elementlari, ularning ko’ndalang kesimlari konfiguratsiyasi turlicha bo’ladi. Svaylar qiya holatda ham qurilishi mumkin. Svaylar yukni o’z sirtqi yuzasi va oxirgi uch qismi orqali asosga uzatadi, osma svaylar (ishqalanuvchi savaylar)-svay-ustunlar esa yukni faqat oxirgi uch qismi orqali uzatadi. Gruntga joylashtirish usuli bo’yicha gruntlar qoqib kiritiladigan, burg’alash orqali kiritiladigan, ichi to’ldiriladigan, svay-qobiqlar, vintli svaylarga bo’linadi.