Svift (Swift) Jonatan
Svift (Swift) Jonatan (1667.30.11 Dublin — 1745.19.10) — ingliz yozuv- chisi, jamoat arbobi. 1682-88 y.larda Dublin un-tining Trinitikollejida tahsil ko’rgan. Ilk asarlari — “VI- lyam Senkroftga qasida” (1690) va “Kongrivga qasida” (1693). “Kitoblar jangi” (1697) pamfletining davomi “Bochka haqida ertak” hajviyasi (1704) da katolik, anglikan va puritan cherkov- lari orasidagi kurash parodiya ruhida tasvirlangan. “Movutchining xatlari” (1723-24) va “kamtarin taklif” (1729) pamfletlarida irland xalqi boshidan kechirayotgan zulm qoralangan. “Dunyo- viy suhbatchilar” (1738), “malaylarga o’gitlar” (1745) kabi hajviyalari xam bor. S. ijodidagi eng muhim va yagona roman — “Gulliverning sayohatlari” (1—2j.lar, 1726) ingliz jamiyatidagi illatlarni fosh etuvchi achchiq satira, o’tkir aybnomadan iborat. Gulliverning xayoliy o’lkalar — liliputlar (mitti odamlar), brobdingneglar (Ulkanlar), gu- igngnmlar (aqlli otlar) mamlakatlariga qilgan sayohatlari b-n bog’liq holda adib Real voqelikdagi yangicha munosabatlar, bosqinchilik urushlari, davlat idorala- ridagi sotqinlik, sudyalarning adolat- sizligi va b. larda aks ettirgan. S. satirasi uning ijodiga xos bo’lgan ma’rifatparvarlik asosida rivojla- nib, xususiy va ijtimoiy illatlarni tugatish zarurligini ta’kidlagan guma- nistik pafos b-n chambarchas bog’liq. As: Gulliverning sayohatlari, T., 1948.