Sviridov Georgiy Vasilevich
Sviridov Georgiy Vasilevich [1915.3(16)12, hoz. Kursk viloyati Fatej sh. — 1998, Moskva] — rus kompozitori va jamoat arbobi. Xalq artisti (1970). Mehnat Qahramoni (1975). 20-a. musiqa san’atining yirik namoyandasi. Lenin- grad konservatoriyasini tugatgan (1941). Rossiya kompozitorlar uyushmasi boshka- ruvi raisi (1968-73). Ijodiy uslubi rus musika folklori, shuningdek, 20-a. musiqa an’analari b-n uzviy bog’langan; asarlari mazmundorligi, Ravshan va sod- da ifodasi b-n ajralib turadi. Ayniqsa, vokal va vokalsimfonik janrlarga keng murojaat qilgan: “Esenin xotirasiga” vokalsimfonik poemasi, “Patetik ora- toriya”, “Kursk qo’shiqpari”, “Bahor Kan- tatasi”, “Pushkin gulgchambari”, romans turkumlari va b. Simfonik, kamercholg’u asarlar, spektakl va kinofilmlar uchun musiqalar yozgan. Davlat mukofoti (1946, 1968, 1980), Rossiya davlat muko- Foti laureati (1994).