Syurrealizmning eng yorqin namoyandasi kim?

Salvador Dali (1904-1989) — asrimiz madaniyatida modern ruhidagi tendentsiyalari-yangilanish tamoyillarining eng yorqin ifodalovchi san’atkordir. “Jumboqli”, “Sirli”, fantastik — uning iste’dodi, muhiblari ispan musavvirini ko’pincha ana shunday ta’riflaydilar. 30-40-yillar Salvador Dali “Xotirot muntazamligi”, “Uyg’onishdan bir soniya avval arining anor tevaragidagi parvoziga bog’liq holda ko’rilgan tush”, “Ispaniya” singari haqli ravishda unga syurrealizm ustasi olamshumul shon-shuhratini keltirgan polotnalar yaratadi. Uning kartinalarini tushuntirish va hamma qabul qilgan tilga o’girish, ya’ni o’qish uchun ularni maxsus tahlildan o’tkazish zarur bo’ladi. Badiiy oqim sifatida syurrealizm oxirlab qolgan yuzyillikning 20-yillarida vujudga keldi. Syurrealizm — bu, hissiy idrok ahamiyatini tasdiqlovchisi, u tush va reallikni birlashtirishga intiladi, va shu maqsadda tashvishli, cho’chituvchi va o’zidan yiroqlashtiruvchi tasvirlarga bajonidil murojaat qiladi. Tomoshabinlarni kartinalarni ko’ngildagidek idrok etishga shaylash uchun syurrealistlarning 1936 yilgi ko’rgazmasida ularni ruhiy xastaliklar kasalxonasi bemorlarining g’ashni keltiruvchi qahqahasi yozilgan tasma yozuvini jonlantirish asnosida harshi oladilar. Hali kartinalarida o’z aksini topgan timsollarning po’rtanali izdihomi, mohiyatning tubdan o’zgarib ketishi voqeiy dunyomizning telbaliklarini tasvirlaydi; dunyo xasta, shafqatsizlik dardiga mubtalo bo’lgan, ammo musavvirning o’z san’ati kishilar dunyoqarashini sog’lom o’zanga o’ngarishiga ishonchi komil. U haq bo’lib chiqdi — uning XX asrga meros qoldirgan badiiy durdonalari bunga guvoh.