TABARIYA KO’LI

TABARIYA KO’LI, Tveriada ko’li, G’anisaret ko’li, Galiley ko’li — Falastin tarixiy viloyatidagi ko’l, Isroil davlati hududida (ko’lning Sharqiy sohilidan Isroilning Suriya bilan chegarasi o’tgan). Alhor tektonik botig’ining shim. qismida, dengiz sathidan 212 metr pastda joylashgan. Maydoni 145 kilometr kvadrat. Eng chuqur joyi 48 metr. G’arbiy va Sharqiy qirg’oqlari tik yon bag’irli, shimol va Janub past. Tabariya ko’li orqali Iordan daryosi oqib o’tadi. Ko’ldan baliqovlanadi. Kema qatnaydi. G’arbiy sohilida Isroilning Tiveriya shahri joylashgan. Bibliyaning Yangi axd qismida Tabariya ko’li Isoning afsonaviy faoliyati bilan bog’liq. Shu sababli ko’l atroflari dindorlarning ziyoratgoh joyi.