TABARZIN

TABARZIN — qadimgi qurol turi, dastasi oddiy boltaga nisbatan uzunroq bo’lgan oybolta. O’rta asrlarda otliq askarlarning asosiy qurollaridan hisoblanib, ot egarining old tomoniga osib yurilgan; qalandarlar qo’llarida ko’tarib yurishgan. Eron, Xuroson, Movarounnahr hamda Hindiston tarixiga oid manbalarda Tabarzin tez-tez ko’zga tashlanadi.