TABASARAN TILI
TABASARAN TILI — Kavkaz tillari oilasining naxdog’iston tillari guruhiga mansub, Dog’iston Respublikasining Tabasaran va XIV tumanlarida tarqalgan til. So’zlashuvchilarning umumiy soni 95 ming kishidan ortiq. Janub va shimol lahjalarga ega, ularning har biri o’z sheva guruhlaridan iborat. Adabiy Tabasaran tili asosan Janub lahja negizida shakllangan. Fonetik tizimida 6 unli hamda 50 dan ortiq undosh, jumladan PP, TT, kk, chch kabi portlovchi jarangsiz qo’sh undoshlar mavjud; urg’u kuchsiz va ko’chuvchan. Morfologiyasida otlar kelishik va son bo’yicha o’zgaradi; kelishik tizimi juda rivojlangan: 44 kelishik mavjud. Fe’llardagi zamon va mayl tizimi nihoyatda murakkab. Lug’at tarkibida sof tabasaran so’zlaridan (ular 60 foizdan ortiq) tashqari Arab, fors, turkiy va rus tillaridan o’zlashgan so’zlar ham mavjud. Tabasaran tili yozuvi 1932-38 yillarda lotin grafikasi asosida, 1938 yildan rus grafikasi asosida shakllantirilgan.