TABIAT KOMPONENTLARI

TABIAT KOMPONENTLARI – tabiatni hosil qiluvchi asosiy tarkibiy qismlar, ya’ni tog’ jinslari, relef, yer usti va osti suvlari, tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosi, havo massalari. Bular landshaft komponentlari deb ham yuri-tiladi. Tabiat komponentlarining o’zaro nisbatiga karab landshaftlar xilma-xil bo’ladi. Tabiat komponentlarining nisbati o’zgarsa, landshaft ham o’zgaradi. Shu sababli, tabiatni o’zgartirish maqsadida unga ta’sir ko’rsatilsa, ya’ni suv omborlari va to’g’onlar qurish, botqoqliklarni quritish va daraxtlarni kesish kabi faoliyatlar natijasida yuzaga keladigan oqibatlarni hisobga olish zarur.