Tabiat komponentlari, tabiat elementlari
Tabiat komponentlari, tabiat elementlari – tabiatni hosil qiluvchi asosiy tarkibiy qismlar, ya’ni tog` jinslari, reylef, yer usti va yer osti suvlari, tuproq, o`simlik, hayvonot dunyosi, havo massalari. Tabiat komponentlari landshaft komponentlari deb ham yuritiladi. Tabiat komponentlarining o`zaro nisbatiga qarab landshaftlar xilma-xil bo`ladi. Tabiat komponentlarining o`zaro nisbati o`zgarsa, tabiat, ya’ni landshaft o`zgaradi. Shu sababli tabiatni o`zgartirish uchun unga ta’sir ko`rsatilganda (suv omborlari, tug`onlar qurish, yerlarni sug`orish, botqoqlarni quritish, ovchilik va daraxtlarni kesish va h.k.) uning barcha oqibatlarini hisobga olish kerak.