Tabiiy geografik bashorat
Tabiiy geografik bashorat – landshaft komplekslarining tabiiy va antropogen omillar ta’sirida yaqin va uzoq kelajakda bo`ladigan sifat va miqdoriy o`zgarishlarni aniqlash, ta’riflash. Tabiiy geografik bashorat qilishda landshaftlar rivojlanishining barcha asosiy omillari: iqlimiy, tektonik, litogen, biogen va antropogen omillarning roli hisobga olinadi. Tabiiy geografik bashorat qilishda tabiatning (geografik qobiqning) rivojlanish qonuniyatlarnni o`rganish va hisobga olish katta ahamiyatga ega.