TABIIY HUQUQ

TABIIY HUQUQ — davlat va huquq nazariyasida insonning tabiatidan kelib chiqadigan va shu tufayli muayyan davlatda ularning qonuniy tan olinishi yoki olinmasligiga bog’liq bo’lmaydigan prinsiplar, qoidalar, huquq va qadriyatlar yig’indisini anglatuvchi tushuncha. Tabiiy huquq g’oyasi Yunoniston va qadimgi Rimda paydo bo’lib, Suqrot, Aristotel, Sitseron va boshqa Rim yuristlarining nomlari bilan bog’liqdir.